Flutter va Dart. Mobil dasturlash kursi. Flutter ozbek tili

via Udemy

Go to Course: https://www.udemy.com/course/flutter-va-dart-mobil-dasturlash-kursi/

Overview

Assalomu alaykum! Mukammal Flutter va Dart Mobil dasturlash kursiga xush kelibsiz! Ushbu to'liq kurs sizni mutlaqo noldan professional mobil dasturchi darajasigacha olib chiqadi. Agar siz Flutterni mukammal o'rganmoqchi bolsangiz, to‘g‘ri joydasiz! Chunki Bu o‘zbek tilidagi eng to‘liq Flutter mobil dasturlash kursidir. U amaliy va qiziqarli kodlash misollari, real loyihalar va muhim nazariy darslar bilan boyitilgan.Men Aziza Murod, senior Flutter dasturchisiman. 5 yildan ortiq turli xil katta kompaniyalarda ishlab, yirik loyihalarga hissa qoshganman. Shuning uchun men yaxshi mutaxasis bolish uchun qanday mavzular muhimligini yaxshi bilaman. Aynan shu tajribam asosida ushbu yangilangan kursni bir necha oylar davomida ishlab chiqdim.Kursimizning asosiy maqsadi - real amaliyotga e'tibor qaratish.Bu kurs davomida biz nafaqat kod yozishni o‘rgatamiz, balki nega aynan shunday kod yozish kerakligini, bu qanday ishlashini va dasturchi sifatida qanday mustaqil fikrlash kerakligini batafsil tushuntiramiz. Biz sizga qanday kod yozishni ko‘rsatib qo‘yish bilan cheklanib qolmaymiz, balki mantiqiy fikrlashni, muammolarni mustaqil hal qilishni va professional dasturchi sifatida ish yuritishni o‘rgatamiz.Kursimiz yakunida siz Flutter va Dart'ni mukammal egallagan bo‘lasiz va mustaqil loyihalar yaratish uchun yetarli bilim va tajribaga ega bo‘lasiz.Kursimiz 15 ta moduldan iborat bo‘lib, har biri muhim mavzularni o‘z ichiga oladi. Har bir darsdan so‘ng mustahkamlash uchun uy vazifalari beriladi. Eng muhimi, kurs davomida biz 3 ta real loyihani yaratamiz: kalkulyator ilovasi, retseptlar ilovasi va xarajatlarni kuzatish ilovasi. Ushbu loyihalarda oldingi modullarda o‘rganilgan nazariy bilimlarimizni amaliy hayotga tatbiq etamiz.Va barcha ushbu materiallar 60+ soatdan ortiq yangilangan video darslardan iborat. 47+ soati faqat amaliy mashg‘ulotlarga bag‘ishlangan bo‘lib, bu kursni eng amaliyotga yo‘naltirilgan Flutter kursiga aylantiradi.Umid qilamanki, bu sizga juda qiziq va foydali boladi. Bu kurs - Flutter va Dart o‘rganishni boshlagan paytimda o‘zim uchun orzu qilgan kursim! Bu sizni mustahkam bilim bilan mustaqil dasturchiga aylantiradigan to‘liq va mukammal toplamdir.Shunday ekan, kursga hoziroq qo‘shiling va Flutter dasturchilik yo‘lingizni boshlang! Flutter o‘zbek tilidaDart dasturlash tiliMobil ilova yaratishFlutter kurs o‘zbek tilidaFlutter darslari#flutteruz #flutterozbektilida

Skills

Reviews